Kriptovalyuta — bu elektron ko‘rinishdagi kriptografiya texnologiyasi bilan himoyalangan valyuta. Buni pul ko‘rinishidagi analogi yo‘q, fizik mavjud emas, faqat virtual dunyoda mavjud.
"Kriptovalyuta" termini bitkoin - elektron raqamli valyutasi va to‘lov tizimi haqidagi maqoladan so‘ng paydo bo‘ldi. Bitkoin - Satoshi Nakamoto nomli odam yoki shunday nomlanuvchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan va bu sirligicha qolmoqda. Satoshi Nakamoto markazlashmagan to‘lov tizimi modelini 31 oktabr 2008 yilda taklif qilgan. Bu modelni asosiy afzalliklari: barcha foydalanuvchilarning anonimligi, firibgarlikdan himoya va markazlashgan boshqaruvning yo‘qligi.
Bitkoin tarmog‘i o‘zaro bog‘langan tranzaksiyalar bloklaridan tashkil topgan. Har bir keyingi blokda avvalgi blok haqida ma‘lumot bor. Shunday ekan bu bloklarni yagona zanjir shakliga keltirish va avval o‘tkazilgan tranzaksiyalar (bunda bitkoin egalari emas) haqida ma‘lumot olish mumkin. Yangi bloklarni yaratishni mayning deyiladi. Tarmoqda yangi blok paydo bo'lishi uchun unga kriptografik imzo yaratish kerak. Bu blok uchun maynerga rag'batlantirish sifatida bitkoin beriladi. Bitkoin ishlab chiqarish chegaralangan va qat'iy 21 million qilib belgilangan.
Dastlab bloklarni yaratish juda oson edi va yolg'iz maynerlar buni qilardilar. Vaqt o'tib, murakkablik tobora kengayib mayning uchun juda ko'p hisoblash quvvati kerak bo'la boshladi. Shuning uchun maynerlar birgalikda harakat qilib, "pool" deb nomlanuvchi guruhga birlashdilar va bitkoin ishlab chiqarishni boshladilar.
Yana ham oddiy qilib aytganda, masalan, bitkoin bu limonadni qopqog'i va bu qopqoqlarni sohtalashtirish mumkin emas deb hisoblaylik. Magazinlar bo'ylab bu limonadlarni hammasini sotib olish imkoni ham yo'q, chunki limonad zavod tomonidan boshqa ishlab chiqarilmaydi. Qopqoqlar soni cheklangan va ularning soni aniq. Shunday ekan hamma yoqni qidirib shunday qopqoqlarni yig'amiz. Har qanday soni chegaralangan mahsulot singari, qopqoqlar ham talab oshgani sari narhi oshadigan qandaydir bir qiymatga ega. Birinchi qopqoqlarni topish oson, lekin har bir keyingi qopqoqni topish avvalgisini topishga qaraganda qiyinlashib boraveradi. Odamlar shunda guruhlarga birlashib, birgalikda keyingi qopqoqni qidirishni boshlashadi va bunga juda ko'p vaqt va quvvat sarf qilinadi. Ba'zi bir odamlar topilgan qopqoqni o'zlariga kerak bo'lgan boshqa bir tovarlarga almashadilar. Boshqa bir odamlar esa qopqoq zahirasini ko'paytirib, keyinchalik qopqoq kursi ko'tarilishini kutadilar, chunki qopqoq soni kamayib bormoqda va qopqoqga egalik qilmoqchi bo'lgan odamlar soni ortib bormoqda.
Nima uchun bunday valyuta kerak?
Boshqa tovarlarni sotish yoki sotib olishda o'lchov birligi sifatida foydalanadigan oddiy pul singari bu ham universal tovar.
Kriptovalyutaning bir necha asosiy ustunliklari bor. Unga inflyatsiya ta'sir qilmaydi. Agarda davlat o'z pulini o'zi istagancha bosib chiqarsa, buni ta'sirida o'z puli qadrsizlanadi. Bitkoin bilan bunday holat yuz bermaydi, chunki uning umumiy soni oldindan ma'lum va chegaralangan.
Yana bir muhim jihati - markazlashmagani. Tizimni boshqaruvchi yagona boshqaruv markazining yo'qligi. Bunda tizimning ishlashini valyuta tarqalishini cheklash orqali majburiy buzish juda qiyin. Chunki tarmoqning bir egasi yo'q, u butun dunyo tarmoq foydalanuvchilari tomonidan boshqariladi.
Keyingi ustunligi - anonimligi. Bir hamyondan boshqa bir hamyonga o'tkazilgan valyutani qanchaligi, vaqtini ko'rish mumkin, lekin kim tomonidan va kimga o'tkazilganligi haqidagi ma'lumotni olish juda qiyin. Bitkoin tizimida hisob raqamni hamma ochishi mumkin. Buning uchun maxsus dastur va Internet kerak bo'ladi.
Demak bu valyuta bo'lsa, unga biror bir narsa sotib olish mumkinmi?
Albatta, bu oddiy pul kabi sotib olish hususiyati bo'la turib, uni ushlab ko'rib bo'lmasligi g'alati tuyulishi mumkin. Lekin fakt faktligicha qoladi: kriptovalyutani tovarga va xizmatga almashtirish mumkin huddi hamyoningizdagi oddiy pullar singari. Hattoki bitkoinni yevro va dollarga almashtirish mumkin. Juda ko'p davlatlarda bitkoinga aviabiletlar, gadjetlar, kommunal to'lovlar va barlarda ham to'lovga qabul qilishyabdi. Microsoft kompaniyasi ham bitkoinni to'lov sifatida qabul qiladi.
Juda qiziq bo'lgan voqea: 2010 yilda bitkoin mavzusiga bag'ishlangan internet forumi foydalanuvchisi o'zida bo'lgan 10.000 bitkoinni bir juft pitsaga almashtirgan. Bu kelishuv uningcha o'sha paytda juda foydali bo'lgan. Lekin hozir bu foydalanuvchi nimani his qilayotganini tasavvur qilish qiyin emas. Bitkoin kursi hozirda 2018 yilning fevrali ohirida 10200$ bo'lmoqda.
@namyxes, поздравляю! Вы добились некоторого прогресса на Голосе и были награждены следующими новыми бейджами:
Вы написали свой первый комментарий
Награда за количество полученных голосов
Вы можете нажать на любой бейдж, чтобы увидеть свою страницу на Доске Почета.
Чтобы увидеть больше информации о Доске Почета, нажмите здесь
Если вы больше не хотите получать уведомления, ответьте на этот комментарий словом
стоп
@namyxes Поздравляю! Вы получили личную награду!
С Днём Рождения - 1 год на Голосе
Вы можете нажать на бейдж, чтобы увидеть свою страницу на Доске Почета.
@namyxes, поздравляю! Вы добились некоторого прогресса на Голосе и были награждены следующими новыми бейджами:
Награда за количество голосов
Вы можете нажать на любой бейдж, чтобы увидеть свою страницу на Доске Почета.
Чтобы увидеть больше информации о Доске Почета, нажмите здесь
Если вы больше не хотите получать уведомления, ответьте на этот комментарий словом
стоп
@namyxes, поздравляю! Вы добились некоторого прогресса на Голосе и были награждены следующими новыми бейджами:
Вы опубликовали свой первый пост
Вы получили первый голос за ваши посты
Вы можете нажать на любой бейдж, чтобы увидеть свою страницу на Доске Почета.
Чтобы увидеть больше информации о Доске Почета, нажмите здесь
Если вы больше не хотите получать уведомления, ответьте на этот комментарий словом
стоп